avatar
Куч
43.66
Рейтинг
+21.60

САМАНДАРОВ ҒАФУРЖОН ЗАРИБОВИЧ

Мақолалар

Open Lesson

Urganch davlat universiteti
Илм-фан
  On December 22, 2015, there was hold an Open Lesson on them “Free time” at the faculty of Physics and Mathematics by the teacher of Urgench State University Urantayeva Nasiba. The lesson was analyzed by the teachers of the department. Also the teacher of the college of Olympic Reserve Qalandarova Yulduz took part in the open lesson. The teacher used such interactive methods like Claster, Bumerang, TBLT and learner centered approaches. The lesson was interesting and effective.
 

Open Lesson

Urganch davlat universiteti
Илм-фан
On December 17, 2015, there was hold an Open Lesson on them “A day off”  at the faculty of History by the teacher of Urgench State University Matchanov Muzaffar. The lesson was analyzed by the teachers of the department. Also the teacher of the college of Olympic Reserve Qalandarova Yulduz took part in the open lesson. The teacher used such interactive methods like Claster, Bumerang, TBLT and learner centered approaches. The lesson was interesting and effective.
 

Mening bobom buvim mahallamiz faxri

Urganch davlat universiteti
Илм-фан
Keksalarni duosi 
Har   on   bizlarga    qanot
Ularning fotihasi
Doim  bo`lsin ijobat
 
Bizning  nuroniy   bobo  va buvilarimiz  mehrga zor bo`lib,  ko`zlari  to`rt bolib bizni kutishadi,  biz uchun qo`llari doimo duoda bo`ladi.   Mana xalqimizning muqaddas  kuni  ya`ni  9-may  XOTIRA   VA QADRLASH kuni yaqinlashib  kelmoqda.    Biz sinfimiz  o`quvchilari  bilan  maktabimiz faxriylari  ya`ni nafaqaga  chiqqan  ustozlarimizni  qutlab kelmoqchimiz.   Bizlarni   shu  darajaga  yetkazgan ustozlarimizga  qancha   ta`rif   bersak  oz.
Urush  yillarida  qatnashgan bobolarimizga katta  e`tibor  qilinmoqda. Prezidentimiz  Islom Abdug`anivich Karimov  bunday  xalqparvar  bobolarimizga   turli  xil ordenlar       
ta`sis  etilgan. 
,,xizmatlari  uchun”,  ,,mehnat   faxrisi’’unvonlari  shular  jumlasidandir.
Bizning  qishlog`imizda  ham mana  shu ordenlarga loyiq  bobo –buvilarimiz  ham bor.
,,qari  bor  uyning parisi bor ‘’deb  bejizga  aytishmagan .   Ular bor  uy  fayzli  bo`ladi,ular  bor joyda  maslahatli ishlar bo`ladi.Ikkinchi  jahon urushida ham ko`plab o`zbek o`g`lonlari  hayotdan  ko`z yumishdi.   Qanchadan –qancha norastalar  otasiz,  akasiz ,ukasiz ,o`g`ilsiz qolishdi .
Mamlakatimizda  19 million  nafar inson nomlari  saqlanib qolgan.urushdan  nom nishonsiz  yo`qolib ketganlar   soni qancha?Shu  urushni boshlagan  fashistlar  nimaga  erishdi ?     Mana shuncha  insonni umriga qotil bo`ldi xolos .
Yurtboshimiz  2015-yilni “Keksalarni e’zozlash  yili” deb e’lon qildi. 70 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan insonlarni – qariyalar, 80 yoshdan 90 yoshgacha bo’lganlarni – keksalar, 100 yoshdan oshganlarni nuroniy deb ataymiz. Mening bobomning qo’li gul durodgor bo’lgan insonlarni og’irini yengil qilgan. Insonlarga qo’lidan kelgancha yaxshilik qilgan. Hozir uni hammamiz yaxshi inson sifatida yodga olamiz. Hayotdan ko’z yumgan barcha bobo-buvilarimizning ruhlari shod bo’lsin. Qariyalarni tirikligida,ko’zi ochiqligida e’zozlaylik! Yana afsus chekib qolmaylik!
Qadimda bir johil podshoh farmon chiqaribdi: Barcha qari kishilar o’ldirilsin.
-          Qarilar na ekin ekishga, na yer haydashga, na daraxt kesishga yaraydi, — debdi u.
-          Faqat uyda o’tirib, oshga o’rtoq bo’ladi, oyog’ing tagida o’ralashib jonga tegadi.
 
Jallodlar oyboltalarini qo’lga olib yenglarni shimarib ishga kirishib ketishibdi. Keksalarning boshini olishibdi. Faqat bitta otoxongina bekinib omon qolibdi. O’g’li otasini jallod;ar qo’liga topshirmabdi. Otasini ko’zdan nari qilib qaray boshlabdi. Shohning judayam chars, o’ziga hech kimni yaqinlashtirmaydigan, tepog’ish, tishlog’ish,aso bir oti bor ekanki, dunyoda bunaqasi yoq ekan.
Xorazm viloyati shovot tumanidagi 40-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9a-sinf o’quvchisi Quronboyeva Dinoraning “ Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri” mavzusida eng yaxshi insholar tanloviga yozgan inshosi. 
  Tel nomer:   +99890-713-25-09                 

Паспорт олувчилар учун эслатма

Блог им. armursu
Ўзбекистон Матбуот ва ахборот агентлиги қошидаги Ғофур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи томонидан фуқоролик паспортини олиш ёшидаги ўқувчиларга мўлжаллаб «Паспорт олувчилар учун эслатма» номли рисоласи нашрдан чиқарилди. Хурматли ўқувчи ёшлар мазкур рисолани ўқиб кўришингизни тавсия қиламиз.

8 Март – Хотин қизлар байрами

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Урганч Давлат университетида 8 Март – Хотин-қизлар кунини кенг нишонлашга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш бўйича чора-тадбирлар режаси тасдиқланди ва шу асосда қуйидаги ишлар амалга оширилди. Жумладан,


Университетда кўп йиллар фаолият кўрсатиб, ҳозирда нафақада бўлган 58 нафар аёл профессор-ўқитувчилар ва ишчи-хизматчилар ҳолидан хабар олинди.


Ўқув бинолари ва худудларга “8 Март – Хотин қизлар куни” муносабати билан баннерлар осилди.



2015 йил 7 март куни Урганч давлат университетининг 8 Март – Хотин-қизлар кунига бағишланган асосий тантанали кечаси бўлиб ўтди. Тадбирга фахрий педагог аёллар, профессор ўқитувчилар, иқтидорли талаба-қизлар таклиф этилди.



Зулфияхоним - вафо ва садоқат тимсоли

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Урганч Давлат университетида 2015 йил 2-7 март кунлари Жисмоний маданият, Педагогика, Филология ва санъат, Чет тиллари, Табиатшунослик ва география факультетлари талаба-қизлари билан 2012 йил Зулфия номидаги Давлат мукофоти совриндори Чет тиллари факультети 202 гуруҳ талабаси Дилрабо Маткаримова ва 2014 йил Зулфия номидаги Давлат мукофоти совриндори Жисмоний маданият факультети 4 курс талабаси Гулёр Атажоновалар учрашувлар ўтказилди.


2015 йил 6 март куни Зулфияхоним таваллудининг 100 йиллигини кенг нишонлаш мақсадида Чет  тиллари  факультетида  “Бу  боғлар  бир  боғлар  бўлади  ҳали”   деб  номланган  адабий  кеча бўлиб ўтди.


2015 йил 6 март куни Педагогика факультетида Зулфияхоним таваллудининг 100 йиллигига бағишланган  “Зулфияхоним  — вафо ва садоқат тимсоли” мавзусидаги адабий – бадиий тадбир ўтказилди.


Mintaqaviy seminar va ko‘rgazma

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

“Oliy ta‘lim muassasalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini takomillashtirish” mavzusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlari oliy ta‘lim muassasalarining ilmiy tadqiqot faoliyatini o‘rganishga  bag‘ishlangan mintaqaviy seminar va ko‘rgazmasi o‘tkazildi.


 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456 sonli Farmoni talablari xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisining 2014 yil 27 dekabrdagi 75 sonli bayonida belgilangan vazifalar bo‘yicha oliy ta‘lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar muxokamasiga bag‘ishlangan mintaqaviy seminar va ko‘rgazma 2015 yilning 13 fevral kuni Urganch davlat universiteti bazasida bo‘lib o‘tdi. 

Китобнинг сеҳри

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Кимки китобга кўп боқса, китоб унинг зеҳнини очади, завқини оширади, сўзга чечан қилади.


Китоб ёлғизликдаги энг муний ҳамдамдир.


Китоб ўтмишдан ҳам, Келажакдан ҳам хабар берувчидир.


Китоб исондан ҳеч нарса тиламайди, аммо уни камолга етказади.


Китоб одоб-ахлоқнинг кони, билимнинг эса булоғидир.

Илм хикмати

Urganch davlat universiteti
Илм-фан
  • Амалсиз илм — мевасиз ёғоч.

  • Ўзи ҳақида ўйламай , фақат элга билим бериш ҳақида ўйлаган олим киши худди шамга ўхшайди, у ўзини ёндиради ва ҳалқни зиёли қилади. Ҳақийқий олим шундай кишики, унинг сўзи, ўйи, фикри ва иши бир хил бўлади.

  • Илм ва одоб таги йўқ хазина. Кимки унга эга бўлса, қадру қиймати баланд бўлади. Фазилатга фақат илми шарафи бор одам лойиқ. Билмаган айб эмас, билмаганни бўйнига олмаслик айб. Одамлар сендан ўрганмаса, сен одамлардан ўрган. Илм шундай нарсаки, бутун куч сарф этилмаса, қўлга кирмайди.

Zulfiya

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Zulfiya (1915—1996) O'zbek shoirasi. Taniqli o'zbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug'ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so'ng 1931 — 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 — 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938 — 1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, O'zbekiston davlat nashriyoti bo'lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo'lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur o'zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o'rtog'i, o'ziga xos she'riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom etgan talantli shoira Zulfiya 1997-yilning 1-avgustida vafot etdi.


Zulfiya (taxallusi; toʻliq ism sharifi Zulfiya Isroilova) (1915.1.3— Toshkent — 1996.1.8) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Shoir Hamid Olimjonnit rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), «Oʻzbekiston xotin-qizlari» (q. «Saodat») jur.da boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.


Zulfiya  Uning ilk sheʼri 1931 y. da «Ishchi» gaz. da bosilgan. Dastlab 1932 y. «Hayot varaqalari» sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning «Temiroy» (1934), «Sheʼrlar», «Qizlar qoʻshigʻi» (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilintan. Zulfiya  sheʼriy ijodining nurlanishi «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) va «Hulkar» (1947) toʻplamlari bilan bog'liq. Ayniqsa, H. Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya  ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak berdi. Zulfiya  shaxsiy fojiasi tasviri orqali 2-jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.


40-y. lar oxirida eʼlon qilingan Sovet davlatining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyo-tiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya  bad-bin kayfiyatlar — pessimistik kechin-malar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, bosh-qa qalamkash birodarlari singari, «davr gʻoyalari» ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik ma-qolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquklarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi.


50-y.larning 2-yarmida Zulfiya  Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. «Mushoira», «Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush», «Qozogʻiston oʻlanlari», «Men chizolmagan surat» singari sheʼrlari Zulfiya  ga shuhrat keltirdi. Zulfiya  sheʼrlarida tasvir etilayotgan hayot koʻlami kengay-ib, uning ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-y. lardan boshlab Zulfiya  ijodidagi mil-liy hayot tasvirida yangi ranglar ka-malagi paydo boʻldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. «Oʻylar» (1965) sheʼriy guldastasi b-n boshlangan vo-qelikni falsafiy idrok etish tamoyili «Visol» (1972), «Yillar, yillar...» (1975) sheʼriy kitoblarida da-vom etib, Zulfiya  ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoy-ish etdi. U yana doston janriga qay-tib, ustoz Oybekning soʻnggi safariga bagʻishlangan «Quyoshli qalam» (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagishlangan tur-kum sheʼrlar ham yozdi («Lolaqizgʻal-doq», 1975).


Zulfiya  hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning «Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod» dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun «Semurgʻ» pyesasi (S. Somova b-n hamkorlikda) hamda «Zaynab va Omon» operasi lib-rettosini yozdi.


A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, Ye. Bagryana va b. ning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.


Zulfiya  asarlari koʻplab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. Zulfiya  xalqaro Javaharlal Neru (1968), «Nilufar» (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1970)laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning «Kirill va Mefodiy» (1972) ordeniga sazovor boʻlgan.


Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotins taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga Zulfiya  nomi berilgan.


Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O'n yetti yoshida «Hayot varaqalari» deb atalmish dastlabki she'riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo'lgan holatlarni she'rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko'pchilikka manzur bo'ladi. Zulfiyaning ulkan iste'dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e'tirof etilgan. U — xalqaro «Nilufar» mukofoti egasi.


Shoira sherlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko'zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko'rolmaydigan jihatlarini ilg'ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. Shoira bolaligini shunday eslaydi: «Otamni… Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo'ldosh kasbidan faqat zavq ko'rar edim. Otamday qudratli odam yo'q edi men uchun. Temirlar otam qo'lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo'llari cho'g'ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday boMishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo'lavermas ekan...


Mening onam o'zining ta'bincha, «usti butun — ichi tutun» ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o'ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim. Ruhidagi ma'yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos.


Onamning qancha-qancha qo'shiq va afsonalarni, doston va er-taklarni bilisjiiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag'ishlar, o'ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo'jizalar yaratishga qodir, jahonni ko'zga keng ochuvchi, insonni go'zallik sari yetaklovchi so'zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko'chaga chiqmagan oddiy ayol — onam uyg'otgan...»


Zulfiya she'riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini g'ajib tashlay oladigan hijron to'g'risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she'rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onaiarga, barcha ma'shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo'lgan she'riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg'ularining porloq yulduzi charaqlab turadi.


Xalq orasida «Oydinda», «Sensiz», «Yurak», «Falak», «Bahor keldi seni soʻroqlab», «Oʻgʻirlamang qalamim bir kun», «Boʻm-boʻsh qolibdi bir varaq qogʻoz» kabi sheʼrlari, «Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush», «Mushoira» kabi sheʼrlari mashhur. «Uni Farhod der edilar», «Quyoshli qalam», «Xotiram siniqlari» kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan soʻng koʻplab mahzun sheʼrlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa koʻplab shoirlarning asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.


Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun koʻpgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.


 

Chingiz Aytmatov

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Yigirmarichi asrdagi eng ulkan adiblardan biri, qardosh qirg'iz xalqining farzandi yozuvchi Chingiz Aytmatov 1928-yil Talas vodiy-sidagi Shakar qishlog'ida xizmatchi  oilasida tug'ildi.


 


Yigirmarichi asrdagi eng ulkan adiblardan biri, qardosh qirg'iz xalqining farzandi yozuvchi Chingiz Aytmatov 1928-yil Talas vodiy-sidagi Shakar qishlog'ida xizmatchi  oilasida tug'ildi. Bo'lajak yozuv-chining otasi To'raqul Aytmatov o'z vaqtida sobiq sovet hukumati-ning turli idoralarida mas'ul lavozimlarda ishlagan. Kommunistik qatag'on avjga mingan o'ttizinchi yillarda qamoqqa olinib, yo'q qilib yuborilgan.Bolaligi g'oyat katta insoniy fojialar qurshovida o'tgan o'n uch yashar Chingiz Aytmatov urush davrida qishloq kengashida kotiblik qildi. Ayni vaqtda, maktabda o'qishni ham davom ettirdi. Maktabni bitirgach, zootexniklik kasbini egallash uchun o'qidi. Keyinchalik, Moskvada oliy Adabiyot institutida tahsil ko'rdi. Maktab va oliy o'quv yurtida ruscha o'qigan Ch. Aytmatov ko'plab asarlarini ham o'sha tilda yaratdi. Uning dastlabki asarlariyoq kitobxonlar e'tiborini qozonib, tilga tushdi. Odamlarni, hayotni g'oyat yaxshi bilgan va chin yurakdan sevgan adib o'z asarlarida kishilar uchun juda aziz, juda zarur bo'lgan tuyg'ularni, holatlarni, mavzularni qalamga oladi.Chingiz Aytmatovning «Jamila», «Yuzma-yuz», «Momo yer», «Alvi-do, Gulsari», «Baydamtol sohillarida», «Birinchi o'qituvchi», «Oq kema», «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Kassandra tamg'asi» sin-gari asarlari dunyoning juda ko'plab xalqlari tillariga tarjima etilgan hamda ular tomonidan sevib o'qiladi.

Abulqosim Firdavsiy

Urganch davlat universiteti
Илм-фан
Abulqosim Firdavsiy (941-1025)

 


Abulqosim Firdavsiy ona — Vatan uchun fidoyi yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir.


 


Abulqosim Firdavsiy ona — Vatan uchun fidoyi yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 941 yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning otasi Tus hokiminint «Firdavs», ya’ni «Jannat» nomli bog‘da bog‘bon bo‘lgan. Firdavsiy dastlab qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi. Otasi vafotidan so‘ng bog‘bonlik qiladi. Sharq xalqlari tarixini zo‘r zavq bilan o‘rganadi, ko‘hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G’aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi kitob) yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va’da qiladi. Hukmdor va’dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan g‘azablanib, bu tangalarniga bir bo‘lagini hammom xodimiga, bir qismini sharbat sotuvchiga va yana bir bo‘lagini pulni olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi, Mahmud G’aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Shoir quvg‘inda yuradi. Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. U 1025 yilda o‘z ona qishlog‘ida vafot etadi. Ruhoniylar uning jasadini musulmonlar mozoriga qo‘ydirmaganlaridan so‘ng, uni o‘zining bog‘iga dafn etadilar.

RO’DAKIY

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Abu Abdulloh Ja’far ibn Muhammad Ro‘dakiy ayrim manbalarga ko‘ra 180 ming, boshqalariga ko‘ra 1 mln. 300 ming misra she’r yozgan adib sifatida mashhurdir. Ammo bizgacha ularning 2000 misrasigina yetib kelgan.


 


Ro'dakiy (IX — X asrlar oralig‘i)


Abu Abdulloh Ja’far ibn Muhammad Ro‘dakiy ayrim manbalarga ko‘ra 180 ming, boshqalariga ko‘ra 1 mln. 300 ming misra she’r yozgan adib sifatida mashhurdir. Ammo bizgacha ularning 2000 misrasigina yetib kelgan. Ro‘dakiy «Odamush-shuaro» («Shoirlarning Odam Atosi») degan nom bilan shuhrat qozongan. V fors-tojik she’riyatidagi ruboiylar taraqqiyotida ulkan hissa qo‘shgan. Ro‘dakiy IX asrning 50-60 yillarida Panjrud qishlog‘ida (hozirgi Panjakent yaqinida) tug‘ilgan. X asrning 40-yillarida vafot etgan. U yoshligidan boshlab chang chalish, qo‘shiq aytish va badiiy ijod bilan shug‘ullangan Ro‘dakiy Samarqand madrasasida tahsil olgan, keyinchalik Somoniylar saroyiga xizmatga olingan. Ammo qarigan chog‘ida u saroydan quviladi. Rivoyatlar uning hur fikrligi uchun ko‘zlariga mil tortilganidan xabar beradi. Yana rivoyatlarga ko‘ra somoniylar amiri Nasr II (914-942) Hirotda ziyofatlar ichida yuraveradi. Yurtni sog‘ingan a’yonlar amirga ta’sir ko‘rsatishni Ro‘dakiydan iltimos qilishadi. Shunda Ro‘dakiy bir ziyofat chog‘ida o‘zining mashhur «Bo‘yi jo‘yi Mo‘liyon ayad hame» («Dimog‘imga Mo‘liyon arig‘ining hidlari urildi») degan qo‘shig‘ini changda ijro ztadi. Qo‘shiqdan amir shunchalik ta’sirlanadiki, yalangoyoq holda otga sakrab minib, Amudaryo kechuviga qarab yo‘naladi.


 To‘rtlik va ruboiylarning dastlabki ijodkori ham Ro‘dakiy bo‘lgan degan fikrlar bor. Fors-tojik poeziyasidagi ruboiylar taraqqiyotida Ro‘dakiyning ulkan xizmatlari borligi ayon.


 Asarlari: «Qarilik haqidagi qasida»si, bir qancha ruboiylari, «Kalila va Dimna» dostonining 1000 misrachasi, «Modari may» («May onasi») qasidasi, «Sinbadnoma», «Arois — un-nafois» dostonlari va boshq.

BERDAQ

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

XIX  asr  qoraqalpoq  adabiyotining  taniqli namoyandalaridan biri shoir va baxshi Berdaqdir.


Berdaq (Berdimurod Qarg'aboy o'g'li) 1827-yilda Orol dengizining janubiy sohiliga yaqin Oqqal'a degan ovulda (hozirgi Mo'ynoq tumanida) kambag'al mehnatkash xonadonda dunyoga keldi. 


 


                                                                BERDAQ


                                                              (1827—1900)


XIX  asr  qoraqalpoq  adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir va baxshi Berdaqdir.


Berdaq (Berdimurod Qarg'aboy o'g'li) 1827-yilda Orol dengizining janubiy sohiliga yaqin Oqqal'a degan ovulda (hozirgi Mo'ynoq tumanida) kambag'al mehnatkash xonadonda dunyoga keldi. Uning dadasi Qarg'aboy, bobosi Bo'ronboylar butun umr bo'yi goh dehqonchilik, goho chorvachilik, ba'zan baliqchilik bilan shug'ullanib oila tebratgan kishilar edilar. Onasi Qarqara aksariyat qoraqalpoq ayollari kabi uy-ro'zg'or ishlari bilan band edi.


Berdimurod tahminan 10 yoshlarida ham otadan, ham onadan ajralib, yetim bo'Iib qoladi. Shundan keyin u amakisi Qo'chqorboy, uning o'g'li Nayzaboy xonadonidan boshpana topadi. Kun ko'rish uchun ovuldagilarning mollarini boqib yuradi. Aytishlaricha, undagi tug'ma shoirlik iste'dodi ana shu davrda namoyon bo'ladi.


Berdimurod dastlab ovul maktabida, keyinchalik o'zlariga yaqin mavzeda joylashgan mashhur Qora-qum eshon madrasasida tahsil ko'radi.


Berdimurod yoshligidan Xorazm vohasi mehnat-kashlari orasida keng tarqalgan xalq qo'shiqlari va dostonlariga     mehr    qo'yadi,     xususan,     vohadagi


qoraqalpoq, o'zbek, qozoq, turkman xalqlari mush-tarak madaniy merosiga mansub «Go'ro'g'li», «A1-pomish», «Oshiq G'arib va Shohsanam», «Tohir va Zuhra» dostonlarini sevib o'rganadi. Maktabda va madrasada ko'hna va qadimiy Sharqning Firdavsiy, Jomiy, Navoiy, Sa'diy, Fuzuliy, Maxtumquli, Mash-rab kabi buyuk san'atkorlari ijodidan bahramand bo'ladi. Ayni paytda o'z xalqining Jiyanjirov, Kunxo'ja, Ajiniyoz kabi taniqli namoyandalari asos solgan an'analarga sodiq qolib, qoraqalpoq xalqi dardi, orzu-umidlarini misralarga tiza boshlaydi. Mashhur «Izlar edim» sarlavhali she'rida shoir shun-day e'tirof etadi:


         «Chor kitob»dan' nari qochdim,


           Navoiydan savod ochdim,


           Fuzuliydan durlar'sochdim,


           Donolarni izlar edim.


Moddiy muhtojlik Berdimurodga madrasadagi tah-silni nihoyasiga yetkazishga imkon bermaydi. Shun­dan keyin, u ota-bobolari kabi, uy-ro'zg'or, tirik-chilik ishlariga kirishadi. Badiiy ijod, baxshilik san'ati bilan astoydil shug'ullana boshlaydi. Xorazm vohasida «Berdaq shoir», «Berdaq baxshi» nomlari bilan katta shuhrat va e'tibor qozona boshlaydi. Uning rang-barang mavzulardagi she'rlari va doston-larida qoraqalpoq xalqining kechmishi va zamonaviy tarixi, Orolbo'yi tabiati, shoir yashab ijod etgan davrga xos siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy muammolar teran aks etadi. Masalan, shoirning «Xalq uchun», «Bo'lgan emas», «Ko'rindi», «Bulbul» kabi   ijtimoiy-falsafiy   she'rlarida   mehnatkash   xalq


dardi, orzu-armonlari betakror ifoda etilsa,  «Nodon bo'Ima»,   «Qaramas»,   «Xasis   ekan»,   «Bilasanmi?» she'rlarida    ma'naviy-axloqiy    masalalar   yoritiladi. Shoir o'z   zamondoshlarini   ilm-ma'rifat egallashga da'val    etadi,    kasb-hunarJi    bo'lishga    chorlaydi. «Soliq»,   «Ters   qaytgan»,   «Xo'jam»,   «Dod   dema» singari asarlarida jamiyatdagi har xil illatli kishilar, odatda qoraJanadi, fpsh eliladi.


Berdaqning eng katta xizmati shundaki, u yozma adabiyotda dostonchilik janrini yuksak bosqichga ko'tardi. O'z xalqining tarixidan «Shajara», «Xo-razm», erk va ozodlik uchun kurashgan qahramonlar haqida «Omongeldi», «Ernazarbiy», «Oydo'sbiy», xalq dostonlari an'analari ruhida «Ahmoq poshsho», «Ravshan» dostonlarini yozdi.


Berdaq nomi va asarlari o'zbek xalqi orasida keng tarqalgan   bo'Iib,   sevib  o'qilmoqda.   Shoir  asarlari o'zbek tiliga tarjima etilgan va talay marotaba nashr etilgan.    Bunda   O'zbekiston   Xalq   shoiri,   Hamza nomidagi O'zbekiston Respublikasi va Berdaq nomi-dagi Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat mukofot-larining sovrindori,  atoqli  shoir  va  tarjimon   Mir-temirning .xizmatlari beqiyosdir.


Qoraqalpog'istonda shoir va baxshi  Berdaq  no-mini abadiylashtirish sohasida ko'p ishlar qilingan. Respublikada adabiyot va san'at sohasida yaratilgan eng yaxshi ishlarga Berdaq nomidagi davlat mukofoti beriladi.   San'at  muassasalari,   ko'chalar,  maktablar, davlat va jamoa xo'jaliklari uning nomiga qo'yilgan. 1978- yilda shoir tavalludining 150 yilligi, O'zbekis­ton hukumatining qaroriga ko'ra, butun respublika-mizda keng nishonlandi.

Konfutsiy

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning Xitoy falsafasi tarixida tutgan o’rnini Suqrotning yunon falsafasi tarixidagi o’rnigagina qiyoslash mumkin, xolos.


 


Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning Xitoy falsafasi tarixida tutgan o’rnini Suqrotning yunon falsafasi tarixidagi o’rnigagina qiyoslash mumkin, xolos.


Konfutsiy miloddan ilgari taxminan 551—471-yillarda yashagan. Uning butun dunyoda mashhur bo’lgan nomi «kun» va «futszi» so’zlari asosida yasalgan «Kun» hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi so’z bo’lsa, «fu» faylasuf, «szi» o’qituvchi ma'nolarini ifodalovchi so’zlardir. Ya'ni Konfutsiy «falsafa o’qituvchisi» degan so’zlarning familiya maqomini olgan shaklidir. Xitoyda birinchi marta xususiy maktab ochgan. Konfutsiy 30 yildan ziyod turli lavozimlarda ishlagan. Uning asosiy qarashlari «Suhbatlar va muhokamalar (mulohazalar)» (xitoycha Dun yuy yoki Lun yuy) kitobida bayon etilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u miloddan ilgari 722-481 yillar bo‘yicha «Chunsuy» — «Bahorlar va kuzlar» degan yilnoma tuzgan, Qo‘shiq va rivoyatlarni to‘plab nashr etgan. Konfutsiy ta’limoti asosida jen (insonparvarlik) tushunchasi yotadi. Uning kitobi faqat Chin emas, butun Sharq xalqlari donishmandligining ajoyib namunasidir. Milodan avvalgi II asrga kelib Konfutsiy ta’limoti Xitoydagi rasmiy din — Konfutsiylikka aylantirilgan.


Konfutsiy yashagan davrdan «To’rt asos» va «Besh asos» degan ulkan yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. «Besh asos» Konfutsiyga qadar yaratilgan «Qo’shiqlar kitobi», «Taomillar kitobi» («Marosimlar kitobi»), «Rivoyatlar kitobi» va «Folbinlik kitobi» («o’zgarishlar kitobi») singari qismlardan iborat bo’lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta'limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta'limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. «To’rt asos» esa Konfutsiy «Hikmatlar»idan tashqari, «Menszi» («Men-muallim»), «Buyuk ta'limot» va «Oraliq haqidagi ta'limot» sin-gari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli so’zlaridan tashkil topgan.


Konfutsiy ta'limoti markazida «muruwatli zot» turadi. U hukmron tabaqaning ideal vakili bo’lib, Konfutsiy ta'limoti yordamida o’zida jamiyat farovonligini ta'minlay va ma'naviy asoslarini ifodalay oladigan olijanob fazilatlarni shakllantirgan. Konfutsiy «Hikmatlar»i «muruwatli zot»ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi.


Aniqroq aytsak, bu zot oliy hukmdorga nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa esa muruwatli bo’luvchi, butun kuch va qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va an'analarning to’la-to’kis bajarilishini ta'minlashga sarf etuvchi kishidir. Shuning uchun ham uning o’gitlari, pand-u nasihatlari Xitoyda hanuzga qadar e'zozlanib va qadrlanib keladi.

UMAR XAYYOM

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

Fors matematigi, astronomi, tibbiyotshunos Umar Xayyom 1050 yilda Eronning Nishopur shahrida tug'ilib, Nishopur, Balx, Buxoro shaharlarida o'qiydi.


 


Fors matematigi, astronomi, tibbiyotshunos Umar Xayyom 1050 yilda Eronning Nishopur shahrida tug'ilib, Nishopur, Balx, Buxoro shaharlarida o'qiydi. Rivoyatlarga qaraganda Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk unga Nishopur hokimligini taklif qiladi. Lekim Umar Xayyom bunga rozi bo'lmaydi. U 1074 yildan boshlab Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qilib, matematika, astronomiya sohasida tadqiqotlar olib boradi. Uning matematika, falakiyotshunoslik, falsafaga oid birqancha asarlari va kashfiyotlari ma'lum.


Masalan, 1077 yilda u yunon olimi Evklid kitobiga sharh yozib, butun sonl;arning ildizini topish yo'llarini ko'rsatib beradi. 1079 yilda Xayyom yangi isloh qilingan kalendar ishlab chiqaradi. Bu kalendar Yevropada undan 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qo'llanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo'lgan. Shuningdek uning «Risolatul-kavn vat-taklif» («Koinot va uning vazifalari»), «Risola fil-vujud» («Borliq haqida risola»), «Risola fi kulliyati vujud» («Borliq umumiyligi haqida risola») kabi asarlari ham mashhurdir.


 Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Umar Xayyom shoir bo'lmagan, lekin hayot haqida ba'zi mulohazalarini 4qatorlik she'r qilib qog'ozga tushirib qo'yavergan. XVIII asrga qadar uning ruboiylari haqida tadqiqotlar olib borilmagan. U haqda dastlab Oksford universiteti professori Tomas Gayd, undan so'ng Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar tadqiqot olib borishgan. 1859 yili ingliz shoiri va tarjimoni Edvard FitzJerald Umar Xayyomning 70 ruboiysini tarjima qilib e'lon qilgandan so'ng, bu she'rlar juda mashhur bo'lib ketgan va ingliz tilidan jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilingan.


Xayyom ruboiylarining soni turli ma'lumotlarda 11 tadan 1200 tagacha ekanligi aytiladi. Xayyomga nisbat beriladigan ruboiylarni u yozganligiga ham turli shubhalar mavjud. Ayniqsa, zamondoshlari «katta ilm egasi, mutaffakir, taqvodor zot edi» deb ulug'lagan shoirning mayxo'rlik, yengil hayot, aysh-ishrat, kufr, dahriylik mavzularidagi ruboiylari ishonchsizdir. Bunday ruboiylar Islomga qarshi ba'zi toifalar tomonidan ataylab to'qib chiqarilgan, degan ma'lumotlar bor. Hatto Londonda saqlanayotgan Umar Xayyom ruboiyoti qo'lyozmasi ham soxta ekanligi aniqlangan.


Buyuk olim, astronom Umar Xayyom 1122 yili Nishopurda vafot etadi.